Conos nima?
Conos bu global texnologik donolikni o'zbek tiliga xavfsiz va tushunarli o'tkazuvchi yoshlar tashabbusi. Biz kiberxavfsizlik, tarmoqlar, malware va boshqa mavzular bo'yicha jahon standartlarini o'rgatamiz.
Nomi co-knowledge va connection so'zlari birlashgan holda yaratilgan. Maqsad: chegaralarsiz bilim ulashish va keyingi avlodni quvvatlash.
Muammo
Eng sifatli kiberxavfsizlik materiallari asosan ingliz tilida. O'zbekistonda kiberxavfsizlikni o'rganishni xohlayotgan ko'pchilik til to'sig'i bilan turib qoladi.
Qanday ishlaydi?
1. Kurikulum
Har bir modul o'zbek tilida tayyorlandi.
2. Markdown kontent
Kontent Markdown formatda saqlanadi va sayt tomonidan renderlanadi.
3. Ochiq manba
Barcha kontent GitHub orqali boshqariladi va har bir kishi yaratishi mumkin.
Nima uchun matn?
Video va audio formatlar qulay, lekin matn barqaror, qidiruvga mos va istalgan vaqtda qayta ko'rish uchun eng yaxshi format. Shuning uchun Conos faqat matn asosida ishlaydi.
Qadriyatlar
- Birinchi navbatda ta'lim va ommalashtirish
- Mualliflik huquqi va ruxsatga hurmat
- Minimalistik, tushunarli dizayn - e'tibor kontentda
- Mahalliy talabalar va o'rganuvchilar uchun ochiq manba
Hamkorlik, tarjima yoki ruxsat so'roqlari uchun biz bilan bog'laning: contact@conos.uz
